Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diniyarga chaqiruv qog‘ozi keldi

Diniyarga chaqiruv qog‘ozi keldi

Diniyar Bilyaletdinov.

Rossiya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Diniyar Bilyaletdinov voyenkomatdan chaqiruv qog‘ozi oldi. Bu haqda uning otasi Rinat Bilyaletdinov ma’lum qildi.

«Diniyarga chaqiruv qog‘ozi keldi. Bir nima deyish qiyin, armiyada xizmat qilmagan, lekin harbiy xizmatni o‘tagan, biroq u maxsus, sport yo‘nalishida bo‘lgan. 19 yil avval. Qasamyod qilgan, ammo sport yo‘nalishida xizmat qilgan. Qonunga ko‘ra, 35 yoshgacha bo‘lganlar chaqiriladi, Diniyar esa 37 yoshda, qandaydir nomutanosiblik bor. Unga chaqiruv to‘g‘ri yo‘llanganmi-yo‘qmi, aniqlik kiritiladi. Har narsa bo‘lishi mumkin. Agar yoppasiga safarbarlik bo‘lganida gap-so‘z bo‘lmasdi. Prezident qisman safarbarlik e’lon qildi, hammasi qonuniy bo‘lishi kerak», — Rinat Bilyaletdinovning so‘zlarini keltirdi RIA Novosti.

Diniyar Bilyaletdinov — Rossiya milliy jamoasi safida Yevropa chempionati bronza medalini qo‘lga kiritgan. «Lokomotiv», «Everton», «Spartak», «Anji», «Torpedo», «Rubin» va «Trakay» klublarida to‘p surgan. Rossiya chempioni, mamlakat kubogi va superkubogi sohibi. Hozirda Moskvaning «Rodina-2» jamoasi murabbiyi hamda Medialiganing «Nashi Parni» jamoasi futbolchisi hisoblanadi.

Rossiyada 21-sentyabr kuni qisman harbiy safarbarlik e’lon qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring