Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dilorom Toshmuhammedova lavozimidan ozod qilindi

Dilorom Toshmuhammedova lavozimidan ozod qilindi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14-fevraldagi qaroriga muvofiq, Dilorom Toshmuhammedova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Hukumat huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

U 2018-yilning sentyabr oyidan ushbu markaz direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Dilorom Toshmuhamedova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri bo‘lgan. 1984-yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini va 2003-yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring