Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dilorom Toshmuhammedova doimiy asosda ishlovchi senator bo‘ladi

Dilorom Toshmuhammedova doimiy asosda ishlovchi senator bo‘ladi

Foto: «Kun.uz»

Dilorom Toshmuhammedova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Hukumat huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori lavozimidan ozod qilingani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston «Adolat» SDP matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Dilorom Toshmuhammedova bundan buyon doimiy asosda ishlovchi senator sifatida Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dilorom Toshmuhammedova 2001-2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, 2005-2008-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari, O‘zbekiston «Adolat» SDP Siyosiy Kengashi Birinchi kotibi sifatida faoliyat yuritgan. 2008-2014-yillarda Qonunchilik palatasi Spikeri sifatida faoliyat olib borgan.

Bundan tashqari, Dilorom Toshmuhammedova O‘zbekiston Respublikasi prezidentligi nomzodi ko‘rsatilgan yagona ayol nomzod hisoblanadi.

U 2019-yilda bo‘lib o‘tgan saylovlarda O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tomonidan nomzodi ko‘rsatilgan va Toshkent shahar kengashi deputati etib saylangandi. 2020-yil 17-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlarining qo‘shma majlisida esa senator etib tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring