Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Deputat Oltinsoy voqealari aybdorlarini jazolashni so‘radi

Deputat Oltinsoy voqealari aybdorlarini jazolashni so‘radi

Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Nuriddin Zayniddinov Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida ro‘y bergan holat haqida munosabat bildirdi.

— Oltinsoy tumanidagi holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabrda qabul qilingan «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-407-sonli Qonuni talablarini buzilgani yuzasidan Oliy Majlis oldida tushuntirish va izoh berishi kerak.

Oltinsoy tumanidagi holatlarda O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabrda qabul qilingan «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-407-sonli Qonuni talablarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortirilishi va istefoga chiqishi shart.

Aqlsizlik va shoshma-shosharlik bilan qilingan tadbirlar fuqarolar huquqlari va manfatlari buzilishiga olib kelgan. Maktab o‘quvchilariga, ya’ni voyaga yetmagan fuqarolarga nisbatan sodir etilagan hatti-harakatlarni keskin qoralayman va xizmat vakolatidan chetga chiqish deb baholayman.

Rasmiy bayonotlarda bunday holatlarning aks ettirilmagani, bir yoqlamalikni ko‘rsatmoqda.

O‘zboshimchalik va firibgarlik bilan yer sotganlardan hujjatsiz yer olib, kamiga u yerda uy qurgan, keyin uy noqonuniy va buzilishi ma’lum bo‘lganda fuqarolar ikki tomonlama aybsiz aybdor bo‘lib qolgan. Kamiga ularning farzandlariga tazyiq va bosim o‘tkazilishi O‘zbekistonda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasi ta’minlanishi borasida olib borilayotgan ishlarni qaysidir ma’noda yo‘qqa chiqarishga urinish deb qabul qilaman.

Bunday Ichki ishlar organlari xodimi nomiga dog‘ tushirib, olib borilayotgan siyosatni anglab yetmaydigan, eskicha ishlash uslubidan qutila olmagan xodimlar borligi IIV tizimi obro‘yi va nomiga putur yetkazadi, deb hisoblayman.

Ichki ishlar organlarining har bir hodimi O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabrda qabul qilingan «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-407-sonli Qonuni talablariga qat’i va so‘zsiz itoat etgan holda o‘z faoliyatini olib borishi, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.

Nuriddin Zaynitdinov,
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati,
O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring