Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Departament xodimlari ikki hududda valyutafurushlarni qo‘lga oldi

Departament xodimlari ikki hududda valyutafurushlarni qo‘lga oldi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.S. fuqaro J.X.ga 10 170 AQSh dollarini 129,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangiyer shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.D. fuqaro X.A.ga 3 200 AQSh dollarini 40,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 6 350 AQSh dollari, 42 300 Rossiya rubli, 40 Tojikiston somoniysi va 8,6 mln so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring