Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari harorat 17-20 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda

Dam olish kunlari harorat 17-20 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlarida kutiladigan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. 

Bugun kunning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda ob-havo sharoitini Volga bo‘yi ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi. Bu degani, bugun yog‘ingarchilik ehtimoli faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi. Janubiy va markaziy hududlar ustida qatlamli to‘p-to‘p bulutlardan hosil bo‘lgan qatorlar cho‘zilib ketishi davom etadi, harorat foni esa iqlimiy me’yorlardan 6-8 darajaga past bo‘ladi.

Respublika shimolida ancha sovuq bo‘ladi, kunning o‘rtasida havo harorati 5-8 daraja sovuqni, Orol bo‘yida 12-15 daraja sovuqni tashkil etadi.

Dam olish kunlari antitsiklon periferiyasi kuchayadi, bulutlar kamayadi. Kechalari havo harorati 4-7 daraja sovuqqacha, shimolning eng chekkasida ba’zi joylarda 17-20 daraja sovuqqacha bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 4-7 daraja iliqqacha ko‘tariladi, lekin o‘rtacha kecha kunduzlik harorat odatdagidan biroz past bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring