Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chiroqchida dahshatli YTH. Bir kishi vafot etdi, olti kishi jarohatlangan

Chiroqchida dahshatli YTH. Bir kishi vafot etdi, olti kishi jarohatlangan

Foto: tergov.uz

Joriy yilning 2 noyabr kuni, soat 11:50 da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan «Qarshi katta xalqa yo‘li»ning «Yettitom-Qarshi» 4R-87 avtomobil yo‘li bilan kesishgan 53 km.dagi tartibga solingan chorrahasida fuqaro M.R.ning boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinasi fuqaro S.X.ning boshqaruvida bo‘lgan «Gaz-322132» rusumli yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtomashinaga to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir qilgan.

Sodir bo‘lgan hodisa oqibatida «Gaz-322132» rusumli avtomashinada bo‘lgan 10 nafar (shundan 1 nafari haydovchi) va «Lasetti» rusumli avtomashinasi ichidagi 3 nafar (shundan 1 nafari haydovchi) fuqarolar turli darajada tan jarohati olishib RShTTYoIM Qashqadaryo filialiga olib kelingan. Ulardan faqat 6 nafari reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, 5 nafariga esa uyiga ruxsat berilgan.

«Gaz-322132» rusumli avtomashina haydovchisi S.X.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring