Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chiroqchida IIO xodimlari talabiga bo‘ysunmagan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chiroqchida IIO xodimlari talabiga bo‘ysunmagan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida IIO xodimlari talabiga bo‘ysunmay qochgan haydovchi avtomobilining oynasi urib sindirilgani xabar qilingandi.

IIV matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, IIO xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, atrofdagilarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solgan holda voqea joyidan qochib ketgan haydovchi H.A.ga (1998 yilda tug‘ilgan) nisbatan Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda u Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Shohrux G‘iyosov, shuningdek, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida» gi qonuniga muvofiq, xodimlarga, jinoyatlarga va ma’muriy huquqbuzarliklarga chek qo‘yish uchun jismoniy kuch, maxsus texnika vositalari yohud qurol ishlatish vakolati berilganini eslatib o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring