Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chelyabinskda yashil qor yog‘di. Mahalliy aholi xavotirda

Chelyabinskda yashil qor yog‘di. Mahalliy aholi xavotirda

Foto: «RIA Novosti»

Rossiyaning Chelyabinsk shahri aholisi hududga yashil qor yog‘ganidan qo‘rquvga tushishdi, deya yozmoqda «RIA Novosti».

Xabarda aytilishicha, bu g‘ayritabiiy hodisa ko‘pchilikni hayratga solgan.

Chelyabinsk viloyati ekologiya bo‘limi boshlig‘i Vitaliy Bezrukovning aytishicha, shaharga yoqqan qor yaqin atrofdagi granit konidan chiqqan chang tufayli yashil rangga kirgan. Shamol kondagi changlarni atmosferaga tarqatgan, so‘ng qor ularni yerga olib tushgan.

Bu chang inson salomatligiga zarar qilmasligi ta’kidlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring