Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Budjet pulini noqonuniy sarflagan tashkilotlar reytingi taqdim etildi

Budjet pulini noqonuniy sarflagan tashkilotlar reytingi taqdim etildi

Foto:«Xabar.uz»

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti 2021-yil 1-chorakda budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan hisobotini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra nazorat 211,2 mlrd.so‘m miqdorida budjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 192,3 mlrd.so‘mi budjetga tiklanishi ta’minlandi.

Hisobot davrida vazirliklar va idoralar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi:

Xalq ta’limi vazirligi tizimida 248 ta nazorat tadbirlarining 198 tasida 43,3 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020-yil 1-chorakga (9,4 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 4,6 martaga oshgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 275 ta nazorat tadbirlarining 212 tasida 23,3 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020-yil 1-chorakga (7,9 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 2,9 martaga oshgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligida 289 ta nazorat tadbirlarining 242 tasida 41,2 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020-yil 1-chorakga (5,4 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 7,6 martaga oshgan.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 116 ta nazorat tadbirlarining 111 tasida 22,4 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangan (2020 yil 1-chorakda 135,4 mln.so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan).

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida o‘tkazilgan 42 ta nazorat tadbirlarining 36 tasida 16,1 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangan (2020- yil 1-chorakda 767 mln.so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan).

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi (3,3 mlrd.so‘m), Jismoniy tarbiya va sport (3 mlrd.so‘m), Bandlik va mehnat munosabatlari (2,7 mlrd.so‘m), Suv xo‘jaligi (2,5 mlrd.so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta’limi (2,2 mlrd.so‘m) vazirliklari, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (2,7 mlrd.so‘m) va ular tizimidagi budjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Bundan tashqari, hokimiyatlar (3,4 mlrd.so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (2,9 mlrd.so‘m), hokimiyatlar huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari (34,2 mlrd.so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring