Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident vertolyotda Buxoro viloyatidagi ishlar qamrovini ko‘zdan kechirdi

Prezident vertolyotda Buxoro viloyatidagi ishlar qamrovini ko‘zdan kechirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 yanvar kuni Buxoro viloyatiga kelib, vertolyotda Olot tumaniga yo‘l oldi, deb xabar berdi davlat rahbarining matbuot xizmati.

Bu – hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan joriy yilgi birinchi tashrif. Va u mazkur chekka tumandan boshlanayotgani bejiz emas.

2020 yil 27 aprel kuni Buxoro viloyatiga janubdan kuchli shamol kirib kelgan edi. Uy-joylar, infratuzilma va ekinlarga katta zarar yetkazgandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari zudlik bilan u yerga yetib borib, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish, turar joylar va ijtimoiy ob’yektlarni ta’mirlash bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Qisqa muddatda zarur ishlar bajarilib, hayot o‘z maromiga qaytdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu galgi safar chog‘ida Prezident vertolyotda ushbu ishlar qamrovini ko‘zdan kechirdi.

Xususan, Olot, Qorako‘l, Jondor, Romitan, Peshku va Shofirkon tumanlarida 45 mingta uy, 204 ta ko‘p qavatli turar joy ta’mirlangan. Mingdan ortiq ijtimoiy soha va tadbirkorlik ob’yektlari, yo‘llar, elektr, gaz va aloqa tarmoqlari tiklangan.

Ayni paytda davlatimiz rahbari shu yerlik aholi bilan muloqot qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring