Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hamdamov «Bunyodkor»dan tekinga ketganmidi? FIFA «Anji»ning foydasiga qaror chiqardi

Hamdamov «Bunyodkor»dan tekinga ketganmidi? FIFA «Anji»ning foydasiga qaror chiqardi

«Bunyodkor» va Rossiyaning «Anji» klubi o‘rtasida Doston Hamdamovning transferi yuzasidan kelishmovchilik yuzaga kelgan edi. FIFA ushbu bahsli vaziyat borasida «Anji» foydasiga qaror chiqardi.

Xabar qilinishicha, Hamdamov «Bunyodkor»dan erkin agent sifatida tekinga ketgan. Holbuki, uning klub bilan tuzgan shartnomasiga ko‘ra transfer qiymati 300 ming yevro bo‘lishi kerak edi. Ammo «Bunyodkor» shartnoma shartlarini bajarmagani va futbolchining maoshini o‘z vaqtida to‘lamagani tufayli Doston Hamdamov jamoadan erkin agent sifatida ketishga qaror qilgan va «Anji» bilan shartnoma imzolagan.

Shundan so‘ng «Bunyodkor» rahbariyati yarim himoyachi uchun «Anji»dan tovon puli undirishni maqsad qilib, FIFAga murojaat qilgan edi. Biroq klubning da’vosi rad etildi.

Eslatib o‘tamiz, Doston Hamdamov «Anji» safida 11 ta o‘yin o‘tkazdi. 2019 yilning boshida «Paxtakor» safiga o‘tdi va ayni vaqtda ushbu jamoa sharafini himoya qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring