Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun koronavirus yuqtirganlar soni har qachongidan ko‘p bo‘ldi

Bugun koronavirus yuqtirganlar soni har qachongidan ko‘p bo‘ldi

Afsuski, shu yilning 31-iyul kuni mamlakatimizda 738 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 111 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 627 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan, deb xabar bermoqda SSV.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilinganidek, bugun Toshkent shahri, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 784 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 24 009 nafar bemordan 14 464 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 60 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 404 nafar bemordan 594 nafari og‘ir, 197 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring