Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun aholi orasida 30 kishida koronavirus chiqdi

Bugun aholi orasida 30 kishida koronavirus chiqdi

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabariga ko‘ra, bugun mamlakatimizda 274 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 244 nafari Karantin muassasalarida, 30 nafari aholi orasida (shundan 20 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Buxoro viloyatida, 4 nafari Jizzax viloyatida) aniqlangan.

Avval xabar qilganimizdek, bugun yurtimiz tibbiyot muassasalarida 167 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 115 nafar, Surxondaryo viloyatida 22 nafar, Buxoro viloyatida 12 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar) sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8222 nafar bemordan 5496 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2702 nafar bemordan 19 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 40 293 nafar, statsionar karantinda esa 23 485 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring