Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya 30 yoshga to‘lmaganlarga AstraZeneca bilan emlanmaslikni tavsiya etadi

Britaniya 30 yoshga to‘lmaganlarga AstraZeneca bilan emlanmaslikni tavsiya etadi

Foto: «Chelindustry.ru»

Britaniyalik regulyator 30 yoshgacha bo‘lgan odamlarga imkon qadar AstraZeneca bilan emlanmaslikni tavsiya etdi. Chunki tromblar hosil bo‘lishi mumkin.

«Vaksinatsiya bo‘yicha birlashgan qo‘mita o‘tkir COVID-19 xavfini oshiradigan surunkali kasalligi bo‘lmagan 30 yoshga to‘lmagan odamlarga COVID-19 ga qarshi boshqa vaksinadan foydalanishni tavsiya qiladi», — deyiladi qo‘mita bayonotida.

«AstraZeneca preparati bilan emlashning afzalligi xavf-xatarlardan yuqoriligicha qolmoqda. Noxush ta’sirlarning ehtimoli juda kamligicha qolmoqda», — dedi o‘z navbatida matbuot anjumanida Britaniyaning Dori vositalari agentligi rahbari doktor Jun Ren.

Avvalroq Yevropa dori vositalari agentligi vakili Marko Kavaleri AstraZeneca vaksinasini qabul qilish bilan tromboz holatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqlagani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring