Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyada umumiy miyaga ega egizaklar operatsiya bilan ajratib olindi

Braziliyada umumiy miyaga ega egizaklar operatsiya bilan ajratib olindi

Braziliyada umumiy miyaga ega uch yoshli siam egizaklari muvaffaqiyatli ajratildi. Bu haqda Sky News xabar berdi. 

Bolalarning bosh suyagi bitta holda tug‘ilgan, deyiladi xabarda. 

Operatsiyadan oldin jarrohlar bir necha oy davomida virtual reallikdan foydalanib, mashg‘ulot o‘tkazishgan. 

Bernardo va Artur Limalarning tanasini ajratish operatsiyasining o‘zi 33 soatdan ko‘proq davom etdi. Unda 100 dan ortiq tibbiyot xodimlari qatnashgan.

Jarayonga London shifoxonasidan britaniyalik bolalar jarrohi  Nurul Ovase Jilani rahbarlik qildi. 

Operatsiyani moliyalashtirish Gemini Untwined xayriya fondi tomonidan amalga oshirildi.

Xayriya tashkiloti vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ikkala egizakning ahvoli yaxshi va ular olti oy ichida reabilitatsiyani kutishmoqda.

Shifokorlarning fikriga ko‘ra, siam egizaklari 60 ming holatdan birida tug‘iladi va ularning atigi 5 foizi kraniopag (miyasi bitta holda) dunyoga keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring