Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bosh vazirniyam aldashdi» – Rasul Kusherbayev (video)

«Bosh vazirniyam aldashdi» – Rasul Kusherbayev (video)

Ushbu suv tozalash inshooti Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joylashgan. Ko‘p yillardan beri ishlamaydi, deydi Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev.

Yangiyo‘l shahridagi kanalizatsiya tarmoqlaridan keladigan iflos suv, tozalanmay to‘g‘ri toza ariqqa tushirib yuboriladi. Ishlamay turgan ushbu inshoot shu atrofda yashaydigan ko‘plab odamlarning dardi va fojiasi. Ko‘p achchiq xotiralar sababchisi: iflos havo, iflos suv, g‘uj g‘uj chivin-u pashshalar makoni... Hatto o‘spirin yoshdagi o‘z jiyanim inshootning qarovsiz ochiq chuqurchasiga bexos tushib ketib, iflos suvdan vafot etgan...

2019 yili Bosh vazir A.Aripovga kirib iltimos qilganimdan so‘ng, inshootni ta’mirlash ishlari boshlangandi.

Biroq xursandchiligimiz ko‘pga cho‘zilmadi. Hisob palatasining tushunarsiz talabi bilan ishlar to‘xtatildi, Qurilish vaziri va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining xohishi sabab esa ishlar cho‘zilib, mana uchinchi yildirki, ob’yekt o‘zgarishsiz yotibdi.

Odamlarda esa ishonch yo‘qolayapti: bular va’dasini bajaradimi o‘zi?

Mas’ullarga ishonib, odamlarni ishontirgan bizda esa ko‘zlariga qarashga bet yo‘q, ta’kidlaydi deputat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring