Bosh vazir yordamchisi o‘zgardi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Ibragimov Shuxrat Musojonovich Bosh vazirning yordamchisi – Bosh vazir qabulxonasining mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan, Ashurov Sarvar G‘aniyevich Bosh vazirning yordamchisi – Bosh vazir qabulxonasining mudiri lavozimidan ozod qilingan.
Sh.Ibragimov bunga qadar Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudirining o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter