Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir kubogi sensatsiyalar bilan boshlandi

Bosh vazir kubogi sensatsiyalar bilan boshlandi

Bugun “Bunyodkor” futbol akademiyasining mashg‘ulot maydonlarida Bosh vazir kubogining futbol musobaqalariga start berilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan bu musobaqa vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) bo‘yicha o‘tkaziladi.

Musobaqaning ilk kunidayoq bir qator kutilmagan natijalar qayd etilgan. Ayniqsa, bu kabi turnirlarda ko‘p bora g‘alaba qozongan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi jamoasining “O‘zbekiston temir yo‘llari” xodimlariga 0:8 hisobida yutqazib qo‘yishi ko‘pchilik uchun haqiqiy “syurpriz” bo‘lgan.

Shuningdek, Xalq banki jamoasi ham Xalq ta’limi vazirligi xodimlariga haqiqiy master-klass o‘tib berishgan va hozircha eng yirik hisob — 9:0 ga yutishgan.

Bosh vazir kubogi musobaqasining ilk kunida qayd etilgan natijalar:

19 oktyabr, shanba. 1/32 final

  • Davlat soliq qo‘mitasi – Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi – 5:0
  • “Sharq” nashriyoti – Olmaliq kon-metallurgiya kombinati – 0:6
  • O‘zbekiston yoshlar ittifoqi – O‘zLiDeP Markaziy Kengashi – 8:1
  • Xalq banki – Xalq ta’limi vazirligi – 9:0
  • Qishloq qurilish invest – O‘zkimyosanoat – 5:0
  • Investitsiya va tashqi savdo vazirligi – Davlat bojxona qo‘mitasi -:+
  • Moliya vazirligi – Oliy sud – 0:1
  • “O‘zbekiston temir yo‘llari” – O‘zbekiston MTRK – 8:0
  • AKT vazirligi – Farmatsevtika agentligi – 1:1 (penaltilar – 6:5)
  • Toshshahartransxizmat – Issiqlik elektr stansiyalari – 6:1
  • Veterinariya va chorvachilik qo‘mitasi – “O‘zbekinvest” – 4:2
  • O‘rmon xo‘jaligi – Oliy attestatsiya komissiyasi -:+
  • “Vatanparvar” tashkiloti MK – Adliya vazirligi – 0:2
  • Tovar xom-ashyo birjasi – O‘zAtom – 3:1
  • “Kafolat” sug‘urta kompaniyasi – “O‘zbekneftegaz” – 1:0
  • Energetika vazirligi – Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi – 2:2 (pen. – 3:5)

Bosh vazir kubogining 1/32 final bosqichidan o‘rin olgan qolgan uchrashuvlar ertaga o‘tkaziladi. Musobaqaning yarim final va final o‘yinlari “Milliy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring