Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Tojikistonga boradi

Bosh vazir boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Tojikistonga boradi

Foto:«Asia Plus»

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun 2020-yil 29-sentyabr kuni Dushanbe shahriga tashrif buyuradi. Bu haqida O‘zA xabar berdi.

Komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish nazarda tutilmoqda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston – Tojikiston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida Biznes-forum va Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring