Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: BMT Bosh kotibi dahshatli statistikani tilga oldi

Koronavirus: BMT Bosh kotibi dahshatli statistikani tilga oldi

Foto: «CA-IR NEWS»

Bugun, 26-mart kuni G20 sammiti videokonferensiya ko‘rinishida o‘tkazildi. Unda qatnashgan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish insoniyat koronavirusga qarshi urushda g‘alaba qozonishi uchun «Katta yigirmalik» davlatlari yetakchilari «urush davri» qo‘shma rejasini ishlab chiqarishlari shart, dedi.

«Biz virus bilan urush holatidamiz, biroq yengilyapmiz», — dedi Guterrish.

BMT rahbari COVID-19 qanchalik keng tez tarqalayotgani haqidagi statistikaga to‘xtaldi.

«Kasallikka chalinganlar soni dastlabki uch oy davomida 100 ming nafarga yetgandi. Keyingi 100 minglik ko‘rsatkich 12 kundan keyin qayd etildi. Uchinchi 100 minglik dovon zabt etilishiga to‘rt kun ketdi. To‘rtinchisiga esa bir yarim kun yetarli bo‘ldi», — ta’kidladi BMT Bosh kotibi.

Bu urushda kurashish uchun, uning ta’kidlashicha, urush davri rejasi kerak.

«Birdamlik juda muhim. Ayniqsa, «Katta yigirmalik» davlatlarining nizolar davom etayotgan rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorligi», — dedi Guterrish.

«Yigirmalik» davlatlari qilishi shart bo‘lgan aniq vazifalar sifatida Bosh kotib virus tarqalishining oldini olish, iqtisodiy yo‘qotishlarni minimallashtirish, kelajakda yanada mustahkam global iqtisodiy tizim qurish kabilarni sanab o‘tdi. U barcha mamlakatlarni ayni paytda davom etayotgan jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring