Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biz uchun endi ortga yo‘l yo‘q» — Shavkat Mirziyoyev

«Biz uchun endi ortga yo‘l yo‘q» — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti lavozimiga saylangan Shavkat Mirziyoyev ayni daqiqalarda Humo arenasida partiyadoshlari va saylovchilar bilan uchrashmoqda. Saylov natijalariga ko‘ra davlat rahbari lavozimiga saylangan Mirziyoyev o‘z nutqida barchaga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri xabar bermoqda.

— Har bir insonning hayotida o‘ta hayajonli daqiqalar bo‘ladi. Men uchun hozir o‘sha hayajonli daqiqalar o‘tmoqda.

Meni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchadan minnatdorman. Hozirgi O‘zbekiston besh yil oldingi O‘zbekiston emas, xalqimiz ham besh yil oldingidek emas. Bizning dunyoqarashimiz o‘zgardi va yurtimizda bo‘layotgan islohotlarga barchani, butun dunyo hamjamiyatini ham ishontira oldik.

Men bitta gapni chuqur mamnuniyat bilan yana bir marta takrorlamoqchiman — biz uchun endi ortga yo‘l yo‘q. Yangi O‘zbekistonni albatta birga quramiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasi bergan axborotga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev uchun saylovda ishtirok etgan saylovchilarning 80,1 foizi ovoz bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring