Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalari tashkil etiladi — prezident farmoni

Tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalari tashkil etiladi — prezident farmoni

Prezident Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlangani xabar qilingandi.

Konsepsiyaga ko‘ra, 2022 yil 1 martgacha kamida bittadan tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalari tashkil etiladi.

Farmon bilan shuningdek, 2022–2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Strategiyaga ko‘ra, jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

  • yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzuvchilarga transportni boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilishga oid jinoiy javobgarlik kiritiladi;
  • har 5 ta mahalla uchun bitta mahalla huquq-tartibot maskani namunaviy loyiha asosida tashkil etiladi;
  • «Jinoyat o‘choqlari» bo‘lgan hududlarda tungi vaqtda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalaridan iborat avtopatrul, otliq va piyoda patrullarning uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring