Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayol jinoyatga qo‘l urganda

Ayol jinoyatga qo‘l urganda

Foto: Google.com

Fuqaro Maxmudova Dildora Raxim kizi (ismi sharifi uzgartirilgan), 22.01.2001 yilda Namangan shahrida tug‘ilib, ota-onasi qaramog‘ida yashab kelayotgan edi. U jinoyat yo‘liga kirib, fuqaro I.M.ning narxi 500.000 so‘mlik mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilib, o‘g‘irlik qilib, jinoyat sodir etgan.

Xususan, D.M 2019 yil 25 aprel kuni fuqaro Ibragimova Madina Tursinbayevnaning yashash xonadoniga kelib, qizi Marg‘ubaga u bilan o‘qishga birga ketishini aytib, uning xonadonida mehmon bo‘lib, Marg‘uba boshqa xonaga chiqib ketgan vaqtda, xonada hech kim yo‘qligidan foydalanib, yashash xonadoni ichida bo‘lgan shkafni ustidagi kutidan M.Ibragimovaga tegishli bo‘lgan bir dona narxi 500 ming so‘mlik, «Olimpika» nomli uzukni o‘g‘rilab ketgan.

Shunday qilib, fuqaro D.M. o‘zining yuqorida ko‘rsatilgan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari bilan fuqaro I.M.ning narxi 500.000 so‘mlik mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilib, o‘g‘irlik qilib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan.

Fuqaro Sobirova Dilorom Axmad kizi(ismi sharifi uzgartirilgan), 10.10.1998 yilda Uychi tumanida tug‘ilib, ota-onasi karamogida yashab kelgan. U jinoyat yo‘liga kirib, fuqaro D.K.ning narxi 1.100.000 so‘mlik mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilib, o‘g‘irlik qilgan.

Jumladan, 2018 yil 27 yanvar kuni soat 11-00 lar chamasida uzi amaliyot o‘tayotgan davrida, xususiy korxonada kotiba lavozimida ishlovchi D.K. ning xizmat xonasiga kirib, xonada hech kim yo‘qligidan foydalanib, ish stoli ustida turgan 1.100.000 so‘mlik «Samsung J5» rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab olib ketgan. Shunday qilib, u O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan.
Namangan shaxar buyicha IIO FMB 3-sonli IIB TB katta surishtiruvchisi mayor D.Dadajanova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring