Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyevning akasi Avazbek G‘aniyev vafot etdi

Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyevning akasi Avazbek G‘aniyev vafot etdi

Foto: Muhammadjon Obidov

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Avazbek Madaminovich G‘aniyev 15-sentyabr kuni vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov «Facebook»da xabar qoldirdi.

Uning yozishicha, G‘aniyev qon bosimi ko‘tarilishi va miyaga qon quyilishi oqibatida vafot etgan.

Avvalroq viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Farg‘ona viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi Avazbek G‘aniyevning koronavirusga chalingani haqidagi xabarlarni rad etgan, viloyat hokimligi axborot xizmati esa uning pnevmoniya xastaligi va yuqumsiz bo‘lgan boshqa hamroh kasalliklar bilan Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi shifoxonasida davolanayotganini ma’lum qilgandi.

Avazbek Madaminovich G‘aniyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyevning otasi, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning akasi edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring