Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Audiosi tarqalgan hokim bo‘yicha Zoyir Mirzayevning qarori e’lon qilinadi

Audiosi tarqalgan hokim bo‘yicha Zoyir Mirzayevning qarori e’lon qilinadi

Avvalroq Angren shahri hokimi Alisher Raimovga tegishli audioyozuv tarqalgandi.

Toshkent viloyati hokimligi ushbu audiodagi ovoz egasi haqiqatan ham Angren shahar hokimi Alisher Raimov ekanligini tasdiqlab, holat bo‘yicha viloyat hokimligi Odob-axloq komissiyasining yig‘ilishi chaqirilganini ma’lum qilgandi.

Bugun ushbu yig‘ilishni komissiya raisi – viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Fayziyev olib borgan.

Unda Angren shahri hokimi Alisher Raimovga tegishli bo‘lgan, davlat xizmatchisi uchun nomaqbul so‘zlar, haqoratlar ishlatilgan audioyozuv keskin tanqidiy muhokama qilingan.

«Angren shahri hokimi Alisher Raimov holat bo‘yicha komissiyaga tushuntirish berdi, hatti-harakatlari uchun qattiq pushaymon ekanligini bildirdi.

Komissiya bu o‘rinda davlat xizmatchisiga doir odob-axloq qoidalari buzilganini qayd etdi va yig‘ilish bayonnomasi asosida viloyat hokimiga xodimning hatti-harakatlari yuzasidan tegishli chora ko‘rish uchun taqdimnoma kiritdi.

Viloyat hokimining bu masala yuzasidan qarori rasmiy veb saytimiz va matbuotda e’lon qilinadi», deyiladi Toshkent viloyati hokimligi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring