Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda IIB kapitanini kaltaklagan zo‘ravon qidiruvga berildi

Andijonda IIB kapitanini kaltaklagan zo‘ravon qidiruvga berildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda Ichki ishlar organi kapitani kaltaklangani haqida xabar tarqalgani ortidan viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv boshlangani ma’lum qilingandi.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 105-moddasi «i» bandi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Asosiy gumondor sifatida ko‘rilayotgan H. E. (1985 yilda tug‘ilgan) UFC jangchisi ekani aytilmoqda. Biroq gumondor qochib ketgani sabab unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Qo‘lga tushgani hamono qamoqqa olinadi. Bu haqda jinoyat ishi bo‘yicha Andijon shahar sudi ajrimi chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 24-sentyabr kuni Andijon shahar IIO FMB 1-sonli bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi rahbari, kapitan S.G‘. «Damas» mashinasida ketayotib, yo‘l qoidasini buzib, yo‘l chetida to‘xtab turgan «Spark» mashinasiga urilgan. Bunga javoban «Spark» haydovchisi va salon ichidagi yo‘lovchi «Damas» haydovchisini urib, tan jarohati yetkazishgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilgan.

Sud-tibbiy ekapertizasi xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchiga «bosh miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi, chap tomon g‘alvirsimon suyak katakchalarining yopiq sinishi, burun to‘sig‘ining travmatik qiyshayishi, chap ko‘z qovoqlari qontalashi, teri osti gematomasi, chap ko‘z olmasi 2-darajali kontuziyasi, chap chakka sohasi shilinishi» tashxisi qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring