Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Andijon viloyati prokurori lavozimiga Sirojiddin Qorshibayevich Eshquvvatov tayinlandi.

Sirojiddin Eshquvvatov 1980 yilda Jizzax viloyatida tavallud topgan. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini va 2009 yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.

Sirojiddin Eshquvvatov 2011-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi prokuratura organlarida tergovni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar Sirojiddin Eshquvvatov Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring