Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amiti universiteti talabalari Dubay shahrida! (foto)

Amiti universiteti talabalari Dubay shahrida! (foto)

Toshkent shahridagi Amiti universitetining 20 nafar talabasi SAP dasturi orqali Dubay shahriga borishdi.

Ma’lumki, Amiti universitetining dunyo bo‘ylab 11 xorijiy kampuslari mavjud bo‘lib, har yili SAP (Student Abroad Program) dasturi orqali talabalar xalqaro kampuslarga tajriba almashish maqsadida tashrif buyurish imkoniyatiga egadirlar.

Xususan, 14 dekabr kuni 20 nafar talaba Dubay shahriga borib, xalqaro kampus, u yerda yaratilgan sharoitlar, o‘quv dasturlari va xorijiy talabalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bundan tashqari, Dubay shahri bilan yaxshiroq tanishish maqsadida talabalar tomonidan quyidagi joylarga sayohat tashkil etildi:

  1. Dubai World Expo 2021
  2. Dubai World Trade Center
  3. Oberoi Dubai (5* Hotel)
  4. Atlantis
  5. Towel Mattress
  6. Global village
  7. Safari Desert
  8. Burj Khalifa
  9. Ferrari World (Abu Dhabi)
  10. Sheikh Zayed Grand Mosque
  11. JBR Marina Beach

    SAP (Student Abroad Program) dasturi – Amiti universiteti talabalariga 11 ta xalqaro kampuslarga sayohat qilish, bilim va tajriba almashish imkoniyatini yaratadi. Dastur xarajatlari odatda 30 foizdan 100 foizgacha qoplab berilib, 2019 yildan buyon Toshkent shahridagi Amiti universitetiga 3 marotaba xalqaro kampusga tashrif buyurish imkoniyatini taqdim etdi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring