Alisher Usmonov FIE prezidenti etib saylandi
Bugun, 30 noyabr kuni Toshkentda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tdi.
Ushbu lavozimni 2008 yildan beri egallab kelayotgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov nomzodi yana yuzdan ortiq davlat milliy federatsiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Usmonov 2022 yilning mart oyida sanksiyalar qo‘llanilishi fonida o‘z vakolatlarini to‘xtatib turgandi. Saylovda unga Shvetsiya qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Otto Drakenberg raqiblik qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter