Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yuk mashinasidan o‘zini tashlagan». Gavhar Sharipovaning o‘limi bo‘yicha yangi tafsilotlar

«Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yuk mashinasidan o‘zini tashlagan». Gavhar Sharipovaning o‘limi bo‘yicha yangi tafsilotlar

Foto: Kino-teatr.ru

Aktrisa Gavhar Sharipovaga yuk mashinasi haydovchisi shilqimlik qilgan, shundan so‘ng aktrisa yurib ketayotgan mashinadan o‘zini tashlab vafot etgan. Bu haqda «Daryo»ga Qashqadaryo viloyati IIB YHXB xabar berdi.

Hodisa 18-noyabrdan 19-noyabrga o‘tar kechasi soat 02:20 larda, A-380 Samarqand—G‘uzor avtomobil yo‘lining 140-kilometrida sodir bo‘lgan. Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan Sh.F. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu yuk avtomobili soatiga 140 km tezlikda harakatlanib kelayotgan paytda haydovchi bir qo‘lida avtomobilini boshqarib turib, o‘ng qo‘li bilan avtomobil salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan aktrisaning yelka va qo‘llaridan ushlab shilqimlik qilgan. Oqibatda Gavhar Sharipova avtomobil eshigini ochib, uni ushlab turgan. Haydovchi buni ko‘ra turib harakatlanishda davom etgan va amaldagi yo‘l harakati qoidalarining 77-bandi 3-qismida ko‘rsatilgan «Harakatlanish vaqtida haydovchi aniqlay oladigan xavf yuzaga kelsa, transport vositasini tezligini u to‘la to‘xtatishni ta’minlaydigan darajada kamaytirmasdan» yo‘llarda harakatlanish qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, transport vositasini to‘xtatish choralarini ko‘rmasdan yo‘lida davom etgan.

Oqibatda Gavhar Sharipova avtomobil kabinasidan tushib ketib, hayoti uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati olib, hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB tomonidan 2019-yil 18-noyabr kuni Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, fuqaro Sh.F.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Agar Sh.F. aybdor deb topilsa 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring