Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulla Aripov xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi

Abdulla Aripov xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov kecha, 5-aprel kuni Toshkent shahrida boshlangan «INNOPROM. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi» xalqaro sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri D.Manturov, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi sanoat va agrosanoat majmuasi bo‘yicha vaziri – kollegiya a’zosi A.Kamalyan, Belarus Respublikasi sanoat vaziri P.Parxomchik, Qirg‘iz Respublikasi energetika va sanoat vaziri K.Turdubayev, Tojikiston Respublikasi sanoat vaziri Sh. Kabirov, Qozog‘iston Respublikasi industriya va infratizimni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari A.Yerjanov, Ozarbayjon mudofaa sanoati vaziri o‘rinbosari Mehman Baxishov ishtirok etdi.

Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri D.Manturovga «INNOPROM» sanoat haftaligini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusini ilgari surgani, boshqa delegatsiyalar rahbarlariga esa ko‘rgazma doirasidagi tadbirlardagi ishtiroki uchun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning samimiy minnatdorligi yetkazildi.

Umumiy maydoni 12,5 ming kvadrat metrni tashkil etgan ko‘rgazma maydonida dunyoning 20 mamlakatidan 300 dan ortiq kompaniyaning mahsulot va xizmatlari namoyish etilyapti. Anjuman dasturiga ko‘ra, 15 ga yaqin keng qamrovli tadbir, 200 dan ortiq biznes-uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasiga mevofiq, O‘zbekiston keyingi yillarda MDH hududidagi an’anaviy ishonchli savdo-iqtisodiy hamkorlarimiz hisoblangan barcha davlatlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirdi. Mamlakatimiz YeOII faoliyatini, Yevroosiyo maydonidagi integratsion jarayonlarni kuzatib bormoqda.

Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar sur’ati sezilarli darajada o‘sdi. Ushbu ko‘rgazma bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

«INNOPROM» doirasida imzolanadigan investitsiyaviy va savdo kelishuvlari barcha sherik mamlakatlar manfaatini himoya qiladigan loyihalarni amalga oshirish imkonini yaratadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring