Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5-avgust kuni quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi

5-avgust kuni quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda quruq, kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarda kunning ikkinchi yarimida ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
 
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-40° ni, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42° gacha ni tashkil etadi.
 
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 37-39° gacha isiydi.
 
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-30° bo‘ladi.
 
Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi bor. 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring