Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yilda shakllangan o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumot berildi

2022-yilda shakllangan o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumot berildi

O‘zbekistonda 2022-yilda shakllangan o‘rtacha oylik ish haqi o‘tgan yil (3 214,8 ming so‘m)ga nisbatan 21,1 foizga ko‘tarilib, 3 892,4 ming so‘mga yetgan. Bunga qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik sub’yektlari kirmaydi.

Hisobot davrida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahri (6 314,4 ming so‘m), Navoiy (5125,3 ming so‘m), Toshkent (3 946,9 ming so‘m), Andijon (3 381,8 ming so‘m) hamda Buxoro viloyatlarida (3 310,0 ming so‘m) kuzatilgan.

O‘rtacha ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari esa Toshkent shahri (128,2 foiz), Xorazm (123,1 foiz), Andijon (122,6 foiz), Surxondaryo (122,0 foiz), Samarqand (121,7 foiz) hamda Namangan viloyatlarida (120,6 foiz) qayd etilgan.

Hisobot davrida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi – bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasiga to‘g‘ri kelib, 10 817,1 ming so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, axborot va aloqa sohasi 7 556,4 ming so‘mni, tashish va saqlash sohasi 5 079,8 ming so‘mni va sanoat sohasi 4 920,0 ming so‘mni tashkil etib, o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qildi. Ta’lim (2 695,4 ming so‘m) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (2 611,7 ming so‘m) sohalari esa boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalarda ekanligini ko‘rish mumkin.

Statistika agentligiga ko‘ra, o‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda 3 mln 15,5 ming xodim ma’lumotlaridan foydalanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring