Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2021-yilning eng qimmat transferlari e’lon qilindi

2021-yilning eng qimmat transferlari e’lon qilindi

Foto: SF

FIFA belgiyalik futbolchi Romelu Lukakuning «Inter» (Italiya)dan «Chelsi» (Angliya)ga o‘tishini 2021-yilning eng qimmat transferi, deb e’lon qildi.

Lukaku 2021-yilning avgustida «Chelsi» futbolchisiga aylangandi. Transfer qiymati €115 mln.ni tashkil etgandi.

Ikkinchi qimmat transfer — Jeydon Sanchoning «Borussiya» (Dortmund)dan «Manchester Yunayted»ga o‘tishi — €85 mln.

Uchinchi o‘rinda — «Inter»dan «PSJ»ga €60 mln.ga o‘tgan Ashraf Hakimiy.

FIFA hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021-yil davomida jami 54 739 ta transfer amalga oshgan, shundan 19 372 tasi professional erkaklar va ayollar futbolida, 35 367 tasi havaskorlar futbolida amalga oshgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring