10 nafar bokschimiz chempionlik uchun ringga chiqadi. Raqiblar aniq
Bugun Tailandda o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetadi. Musobaqani erkaklar o‘rtasidagi final bahslari yakunlab beradi.
Ushbu bosqichga O‘zbekiston terma jamoasi eng ko‘p sportchi bilan yetib kelgan bo‘lib, kun davomida 10 nafar sportchimiz chempionlik uchun ringga ko‘tariladi.
Ahamiyatlisi, bugungi finallarning 7 tasida O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoasi vakillari o‘zaro to‘qnash kelishadi.
To‘liq juftliklar:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston)
-51 kg: Asilbek Jalilov - Marvin Tabamo (Filippin)
-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston)
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Orazbek Assilkulov (Qozog‘iston)
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Somchay Vongsuvan (Tailand)
-67 kg: Mujbillo Tursunov - Dulat Bekbauov (Qozog‘iston)
-71 kg: Havasbek Asadullayev - Ablayxan Jussupov (Qozog‘iston)
-75 kg: Javohir Ummataliyev - Dias Moljigitov (Qozog‘iston)
-80 kg: To‘rabek Habibullayev - Jinxiang Vang (Xitoy)
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Bekzad Nurdauletov (Qozog‘iston)
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha bokschi qizlarimiz Osiyo chempionatini to‘qqizta medal bilan yakunlashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter