Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bobur Nabi

Fiqrachilar firqasidanman!

Kambag‘al mashina olsa...

Kambag‘al mashina olsa...

Mahallamizda chiqindi to‘kish uchun ajratilgan maxsus maydonchada kichik bir uy ham qurildi. Uyga kichik bir oila ko‘chib keldi va chiqindixonani sarishta tutib, chiqindilardan kerakli-keraksizini ajratgan holda tirikchiligini boshlab yubordi. Albatta, buning uchun MFY raisidan ruxsat olgan yoki kelishgan.

Nima qipti, Toshkentda bunaqalar ko‘p, dersiz. Oldiniga men ham shunday xayolga bordim. Aksincha, yaxshi bo‘ldi. Chiqindixona va uning atrofi saranjomlandi, kishi o‘zini olib qochmaydigan darajada toza tutila boshlandi. U yerdagi yosh oila esa chiqindixonadagi chiqindilarni titib, yelim idishlar, yeguliklarni ajratib olar, ularni sotib, kunini ko‘rardi...

Ma’lum vaqt o‘tib, o‘sha yerda «Jiguli» avtomashinasi paydo bo‘lib qoldi. Xotindan so‘rasam, yig‘ib-terganiga shu mashinani sotib olishibdi, dedi. Qoyil, rosa qunt qilgan ekan, buyursin, dedim...

Yana vaqt o‘tdi. Bir kuni bu oila ko‘chib ketganini aytishdi. Sababini so‘rasam, MFY va «JEK»dagilar ularning «oilaviy daromadi»ga hasad qilib, haydab yuborishibdi...

Mana shunday mahallada yashayotganimdan orlanib ketdim...

Oradan hech qancha muddat o‘tmasdan, mahallani melisa bosdi. Hammasi tumtaraqay bo‘ldi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring