Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar choyning sog‘liqqa qanday zarar yetkazishini aniqlashdi

Olimlar choyning sog‘liqqa qanday zarar yetkazishini aniqlashdi

Foto: «Cafecaravan.ru»

Ma’lumki, choy chanqoqni qondiradi, qarish jarayonini sekinlashtiradi va qon tomirlarni mustahkamlaydi. Biroq dunyo olimlari choy ichish sog‘liq uchun xavfsiz emas, deb hisoblaydi. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor, deb yozadi «Ramler».

Choy harorati

Britaniyalik jarrohning xulosasiga ko‘ra, kuydiruvchi ichimlikni iste’mol qilish burundan qon ketishga olib keladi.

Eng maqbul harorat — 60 daraja.

Ichimlikning quyuqligi

Angliyada tibbiyot jurnali quyuq choy ichishni yoqtiruvchi odamlarning tarixini chop etdi. Ularning ko‘pchiligi suyaklarining mo‘rtligi hamda tishlarining to‘kilib ketganidan shikoyat qilishgan.

Kuniga 5 piyola choy ichish tavsiya etiladi. Bundan ortig‘i suyak to‘qimasidagi ftorning yuvilib ketishiga sabab bo‘ladi.

Paketchali choy

Kanadalik olimlar paketchali ichimlik tarkibida og‘ir metallar borligini aniqlashdi. Gap shundaki, plantatsiyalar ko‘pincha zararli korxonalar yonida joylashadi.

Paketchali choyni uch daqiqadan ortiq damlamaslik tavsiya etiladi. Choy qancha ko‘p dam yesa, metall zarralari shuncha ko‘p ichimlikka tushadi.

Eng yaxshisi — oq choy ichish: yosh novdadan tayyorlanadi. Barglari zararli moddalarni o‘ziga shimib olishga ulgurmaydi.

Choy va jigar

Giyohli choy bolalar va homilador ayollarning jigari uchun xavfli. Bunga gullaydigan o‘simlik ishlab chiqaradigan toksinlar aybdor. Katta yoshli odam uchun bu moddalar halokatli ta’sir ko‘rsatmaydi. Asosan vazni kamligi bois emizikli go‘daklar va embrionlar aziyat chekishadi.

Choy va temir

Amerikalik olimlar choy ichish bilan temir yetishmasligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashdi. Ovqatlangan zahoti choy ichish tavsiya etilmaydi: suyuqlik foydali elementlarni shimib oladi.

Choyni, yaxshisi, ovqatlanishlar orasida ichgan ma’qul.

Uyqusizlik

Choy tetiklashtiruvchi ichimlik hisoblanadi. Shu bois uni ertalab yoki tushda ichgan ma’qul. Kechasi kofein uyquni qochiradi yoki odam uxlashga qiynaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring