Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Zelandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Yangi Zelandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston TIV rahbari Yangi Zelandiyaning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Sara Uolsh xonimni qabul qildi.

«Yangi Zelandiyaning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Sara Uolsh xonim bilan uchrashish va uning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz. Samarali hamkorlik uchun innovatsion qishloq xo‘jaligidan tortib yashil energiyagacha bo‘lgan ko‘plab yangi va istiqbolli yo‘nalishlarni o‘rganish orqali mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq masofani qisqartirish yo‘llarini muhokama qildik. Elchi xonimga ikki tomonlama munosabatlarimizdagi ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz», – deb yozadi Baxtiyor Saidov. 

Eslatib o‘tamiz, Sara Uolsh Yangi Zelandiyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida Ian Aleksandr Xill o‘rniga Moskvadagi rezidensiyani egalladi. O‘zbekiston va Yangi Zelandiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 11-martda o‘rnatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring