Firibgarlikda gumondor Istanbuldan ekstraditsiya qilindi

Turkiya va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir qancha firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, fuqarolarga katta miqdorda zarar yetkazganlikda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, 1991 yilda tug‘ilgan Ibragimov Ahmadxon Yo‘ldoshxon o‘g‘li O‘zbekiston IIV tomonidan 2023 yildan beri qidiruvda bo‘lgan va ayni paytda Istanbuldan Toshkentga deportatsiya qilingan.
«Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi», – deyiladi xabarda.
Shuningdek, «jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar davom ettirilayotgani» ta’kidlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvga berilgan 34 yoshli o‘zbekistonlik Turkiyadan tutib keltirilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter