Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy kompaniyasi «O‘zbekiston» seriyali elektrovozlarni modernizatsiya qiladi

Xitoy kompaniyasi «O‘zbekiston» seriyali elektrovozlarni modernizatsiya qiladi

Joriy yil 15-avgust kuni Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoyning «CRRC Zhuzhou Locomotive» kompaniyasi prezidenti Van Siaolin boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yuk va yo‘lovchi poyezdlarini hamda ehtiyot qismlarini sotib olish va O‘zbekistonga yetkazib berish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Muhokamalar yakunida O‘zbekiston va Xitoy kompaniyalari o‘rtasida lokomotiv parkini modernizatsiya qilish va yangilash bo‘yicha shartnoma imzolandi. Qayd etilishicha, ushbu shartnoma Sh.Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi chog‘ida davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq tuzilgan.

Kelishuvga ko‘ra, Xitoy kompaniyasi mamlakat temir yo‘llarida qo‘llanilayotgan «O‘zbekiston» seriyali 12 ta elektrovozni modernizatsiya qiladi, shuningdek, 38 ta yuk va yo‘lovchi elektrovozlari, teplovozlar va manyovr lokomotivlarini 2034 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan yetkazib beradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring