Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xalqaro yashil haftalik – 2020» ko‘rgazmasida O‘zbekistondan ham vakillar qatnashadi

«Xalqaro yashil haftalik – 2020» ko‘rgazmasida O‘zbekistondan ham vakillar qatnashadi

Kelgusi yilning 17-26 yanvar kunlari Germaniya poytaxti Berlinda oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilik bo‘yicha shu nomdagi xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. Unda “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi meva-sabzavotni qayta ishlovchi korxonalar vakillari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Xalqaro Yashil Haftalik 2020 - bu dunyo bo‘ylab qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning o‘z mahsulotlarini namoyish etishi, sinovdan o‘tkazishi va yangi xaridor topishi uchun samarali platformadir. Ko‘rgazmada Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlaridan tashqari, boshqa xorijiy mamlakatlarning qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, bog‘dorchilik va baliqchilik bo‘yicha soha vakillari ishtirok etadi.

Ko‘rgazma qishloq xo‘jaligi, organik mahsulotlar, gullar, qayta tiklanuvchi manbalar, xalqaro oziq-ovqat, Yashil haftalik tajribasi kabi o‘nlab mavzuli bo‘limlardan iborat bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Xalqaro Yashil Haftalik – 2019 da ishtirokchilar soni 1 ming 700 dan ziyodni tashkil etgan. 100 mingdan ortiq mahsulotlar namoyishga qo‘yilgan. Ko‘rgazma doirasida 300 dan ziyod texnik anjumanlar tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring