Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlik huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar agentligiga o‘tkaziladi

Vazirlik huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar agentligiga o‘tkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o‘rgatish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha katta o‘zgarishlar bo‘lishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, buning uchun har yili 100 million dollar ajratiladi.

«Investitsiya vazirligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar agentligiga o‘tkaziladi.

Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan, fidoyi yosh tadbirkorlar jamg‘arma kengashiga kiradi. Jamg‘arma rahbarini ham ushbu yoshlarni o‘zi saylaydi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, jamg‘arma, yoshlarning eng yaxshi 500 ta loyihasini tanlab oladi va ularga «biznes paket» qilib beradi, loyihani tayyor biznesga aylanib, daromad keltirishgacha barcha jarayonida ko‘maklashadi, bozorini topadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring