Toshkentda katta miqdordagi noqonuniy dorilar savdosining oldi olindi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Sh.K. va boshqalar 32 turdagi jami 42 777 dona sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dori vositalarini fuqaro D.Q. dan qilib olgan paytida ushlangan.
Shundan so‘ng davom etgan tadbirda, fuqaro Sh.K. Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi xonadonida noqonuniy dori vositalarini saqlab kelganligi aniqlanib, 26 turdagi jami 72 540 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bundan tashqari, tezkor tadbir davomida fuqaro U.N. 70 quti dori vositalarini o‘zining boshqaruvidagi yuk avtomashinasida Buxoro shahridagi ulgurji dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi «F.Ph.» MChJga tegishli omborxonaga olib borganligi aniqlanib, MChJ omborxonasidan 89 ming dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter