Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ijara narxlari bir yilda 20 foizga qimmatlagan

Toshkentda ijara narxlari bir yilda 20 foizga qimmatlagan

Fevral oyida poytaxtning aksariyat tumanlarida ijaraga beriladigan uy-joy narxlarining pasayishi kuzatildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqotida ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 1 metr kvadrat uchun 9,86 dollarni tashkil etib, 2023-yil yanvar oyiga nisbatan 2,3 foizga pasaydi.

Ijaraning eng yuqori narxlari poytaxtimizning Shayxontohur (13,3 AQSh dollari), Yakkasaroy (12 AQSh dollari) va Mirobod (12 AQSh dollari) tumanlarida qayd etildi.

Ijaraning nisbatan past narxlari poytaxtning Uchtepa (7,7 AQSh dollari), Sergeli (6,8 AQSh dollari) va Bektemir (6,6 AQSh dollari) tumanlarida qayd etildi.

Shu bilan birga, 2022-yilning mos davriga kelib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 19,9 foizga oshdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring