Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi

Toshkentda dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi

Joriy yilning 14-20 oktyabr kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasida 42-jahon chempionati o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. 

Bo‘lajak dunyo birinchiligida 5 qit’aning eng kuchli harbiy dzyudochilari raqobatlashadi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida Xalqaro harbiylar sporti kengashi va Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan mazkur musobaqaning tashkiliy ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilib, tayyorgarlik bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Dominikan Respublikasida tashkil etilgan harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida dzyudochilarimiz 2 tadan oltin va kumush medallariga egalik qilishgan edi.

Jahon chempionati poytaxtning «Saxovat sport servis» majmuasida o‘tkazilishi belgilangan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring