Toshkent viloyatida noqonuniy «jamoat» bo‘lib yig‘ilganlar qo‘lga olindi
IIV hamda DXX xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruvlarda Toshkent viloyatida ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolganlar aniqlandi.
IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2007-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan K.I. internet tarmog‘ida ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushishi natijasida 16 nafar yaqin tanishlari bilan noqonuniy «jamoat» bo‘lib yig‘ilib, kelgusida xorijda faoliyat olib borayotgan «Islom davlati» xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilishni rejalashtirganliklari aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter