Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash vazirligiga qo‘shimcha vakolatlar berildi

Sog‘liqni saqlash vazirligiga qo‘shimcha vakolatlar berildi

Bugun, 4-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Qonunchilik palatasidagi majlisda deputatlar aholi o‘rtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimini takomillashtirilishga qaratilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.

Ushbu qonun loyihasi bilan osh tuzini ishlab chiqarish,tashish,saqlash va realizatsiya qilishga doir talablar belgilanmoqda.

Jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligiga osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash uchun foydalaniladigan tarkibida yod bo‘lgan preparatlarni, ularga qo‘yiladigan talablarni, osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlashga, yodlangan tuzni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga va realizatsiya qilishga qo‘yiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini belgilash hamda uning nazoratini olib borish vakolatlari belgilanyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring