Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov nafaqaga chiqdi

Sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov nafaqaga chiqdi

Faoliyati davomida ikki marta O‘zbekiston tashqi siyosatiga mas’ul vazir lavozimida ishlagan Norov Vladimir Imamovich Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori lavozimidan nafaqaga chiqdi.

Vladimir Norov 1955-yilda, Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ushbu o‘zbek diplomati 2022-yilning 30-dekabridan Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori vazifasida ishlab kelgan bo‘lsada, ko‘p yillar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Jumladan, 2022-yil 27-apreldan 30-dekabrgacha va 2006-2010-yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri, 2019-2021-yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi, turli yillarda O‘zbekistonning Germaniya, Polsha, Shveysariya, Lyuksemburg va Belgiyadagi elchisi lavozimlarida ishlagan.

Norov ikkinchi marta TIV rahbari etib 2022-yilning 27-aprelida kelgan va  bu lavozimda Abdulaziz Kamilovni almashtirgan edi. 

Abdulaziz Kamilov esa 2022-yilning 17-mart kuni Senat yig‘ilishida O‘zbekiston Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olishini ma’lum qilgan va ortidan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari ham tan olinmasligini bildirgan edi. 

Shundan so‘ng Kamilov siyosiy doiralardagi tadbirlarda ko‘rinmay qolgan va Senatdagi chiqishidan 12 kun o‘tib uning “surunkali xastaligi sababli Toshkentda davolangani”, keyin esa “chet elda davolangani” ma’lum qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring