Sirdaryoda «metan zapravka» egalariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi «P.M.G.» MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompresslash shoxobchasining hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatishi oqibatida 5,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter